14-fevral kuni AZIMUT Grand Hotel Tashkent mehmonxonasida Tashkent Marketing Forum 2026 (TMF 2026) bo‘lib o‘tadi — 2026-yilda marketingni rivojlantirish va amaliy yechimlarga yo‘naltirilgan marketing mutaxassislari, tadbirkorlar va biznes rahbarlari uchun yirik professional konferensiya.
Forum O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Isroil, Italiya va boshqa mamlakatlardan 50 dan ortiq ekspert va amaliyotchilarni bir joyga jamlaydi. Ishtirokchilar real biznes-keýslar, zamonaviy trendlar va brendlarga o‘sish hamda savdoni oshirishga yordam beradigan ilg‘or targ‘ibot usullarini muhokama qiladi.
Dastur doirasida 7 ta parallel seksiyalar tashkil etiladi — bu har bir ishtirokchiga o‘z biznes vazifalari va tayyorgarlik darajasiga mos mavzularni tanlash imkonini beradi. Shuningdek, individual maslahatlar uchun 1 : 1 formatdagi sessiyalar ham rejalashtirilgan.
Forumning asosiy savdo maydoni sifatida “Marketing yili” yarmarkasi o‘tkaziladi. Unda marketing agentliklari va kompaniyalar eng yangi vositalar hamda yechimlarni taqdim etadi. Tadbir yakunida esa Tashkent Marketing Awards marosimi bo‘lib o‘tadi va eng yaxshi loyihalar hamda mutaxassislar taqdirlanadi.
TMF 2026 uchun chiptalar 600 000 so‘mdan boshlanadi. Tadbir marketingning biznes rivoji, savdo va foydaga qanday real ta’sir ko‘rsatishini chuqurroq tushunishni istaganlar uchun mo‘ljallangan.



