2026-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekistonda “A” (mototsikllar) va “B” (yengil avtomobillar) toifalari bo‘yicha haydovchilik guvohnomasini olish qoidalari kuchga kirdi.
Endilikda bo‘lajak haydovchilar istakka ko‘ra tayyorgarlikning nazariy qismini avtomaktabdagi majburiy mashg‘ulotlarsiz, mustaqil ravishda o‘zlashtirishlari mumkin.
Bu yo‘l harakati qoidalari va haydash nazariyasini onlayn, kurslar orqali yoki mustaqil tarzda o‘rganish mumkinligini anglatadi. Biroq instruktor rahbarligidagi amaliy tayyorgarlik majburiy bo‘lib qoladi, shuningdek haydovchilik huquqini olish uchun imtihon topshirish ham saqlanib qoladi.



