O‘zbekistonga Buyuk Britaniyadan qadimgi Baqtriya davlati davriga oid noyob tarixiy buyumlarni qaytarishga muvaffaq bo‘lindi.
Qaytarilgan topilmalar orasida oltin bilakuzuklar, munchoqlar, bo‘yinga taqiladigan bezaklar hamda oltindan yasalgan qinlar mavjud. Ushbu artefaktlar qadimgi mintaqaning moddiy madaniyatiga oid muhim dalillar bo‘lib, ekspozitsiya uchun **Islom sivilizatsiyasi markazi**ga topshiriladi.
Mazkur buyumlarni qaytarish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti **Shavkat Mirziyoyev**ga tegishli bo‘lib, bu haqda Markaz matbuot xizmati xabar berdi.



